2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda tayyorlov yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida bir o‘quvchini o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash, pedagogika, biznes va boshqaruv, san’at, ijtimoiy ta’minot, xizmat ko‘rsatish, jurnalistika va ijtimoiy axborot yo‘nalishlari uchun bir o‘quvchini o‘qitish qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,2 barobarida (4 211 846 so‘m) bo‘ladi.
Tabiiy fanlar, transport, muhandislik ishi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari va informatika, gumanitar fanlar (televideniye yo‘nalishi) yo‘nalishlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,0 barobarida (4 075 980 so‘m) belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va melioratsiyasi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, arxitektura va qurilish, hayotiy faoliyat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida o‘qitish qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,8 barobarida (3 940 114 so‘m) bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi