2 429
Samarqandcha yangi «to‘y trendi»: serqatnov yo‘l to‘silib, kuyov navkarlar raqsga tushishdi
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda «Yana bir to‘y trendi – mashina yo‘lini to‘sib, raqsga tushish...», «Karantin payti 30 kishidan ham ortqizib to‘y qilish u yoqda tursin, serqatnov mashinalar katta yo‘lini to‘sib qo‘yib, yo‘lni o‘rtasida raqs tushishyapti. Tirbandlik yuzaga keldi» nomli videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan zudlik bilan tezkor-profilaktik tekshiruv ishlari olib borilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Aniqlanishicha, Samarqand shahrining «Bog‘i baland» MFYda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan D. 2020 yilning 7 oktabr kuni yashash manzilida qizining nikoh tuyi marosimini uyushtirgan.
To‘y marosimi karantin qoidalariga zid ravishda amalga oshirilib, kuyov navkarlar Samarqand shahar Afrosiyob ko‘chasi avtomobil yo‘lini to‘sib, transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilganlar.
To‘y sohiblariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hozirda ushbu holatdagi barcha huquqbuzarlarni aniqlab, qonuniy chora ko‘rishlik maqsadida, tezkor-profilaktik tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, qonunlarda belgilangan qat’iy choralar ko‘riladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi