Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan voyaga yetmagan farzandlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment mablag‘larini undirish hamda oilalarni yarashtirish borasida muhim chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanining Kumidon mahallasida yashovchi Nurmuhammad Maftuna bilan yaxshi niyatda oila qurishgandi.
Nima bo‘ldiyu, ularning murosalariga darz ketdi. Oila ajrashib, Maftuna ikki farzandiga aliment undirishni so‘rab fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tuman sudiga murojaat qildi. Uning arizasi qondirildi va aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga kelib tushdi.
Byuroning tuman bo‘limi, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida har ikki tomonga oilaning muqaddas ekanligi, o‘rtadagi ikki farzandning ota mehriga zor bo‘lishi ularning kelgusi hayotiga salbiy ta’sirini o‘tkazishi to‘g‘risidagi suhbat ishni ijobiy tomonga surib yubordi. Yoshlar yarashib, bugungi kunda o‘zlari peshona teri evaziga qurib olgan mo‘’jazgina hovlida yashashmoqda.
Bugungi kunda byuroning tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari sudlarning aynan aliment bilan bog‘liq ijro ishlari ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan farzandlar moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment mablag‘larini undirishga asosiy e’tiborda. Har bir ijrochi tomonidan shu yo‘nalishdagi ijro hujjatlari ijrosi doirasida tushuntirishlar olib borilmoqda.
- Yil boshidan beri 80 ga yaqin oilani yarashtirishga erishdik, - deydi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abbosxon Siddiqov. – Biz aliment undirishni shunday savobli ishga almashtirayotganimizdan xursandmiz. Asosiysi, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan aliment mablag‘larini undirish va oilalarni yarashtirish doimo e’tiborda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?