20:08 / 20.10.2020
2 753

Oila tinch - olam tinch

Oila tinch - olam tinch
Majbuariy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini ta’minlash maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan yuborilgan hujjatlar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asosiysi, aliment mablag‘larini undirish bilan bir qatorda oilaning muqaddasligini tushuntirish orqali yarashtirish tadbirlarini ham olib borilmoqda.

M.Rahimov turmush o‘rtog‘i M.G‘ulomova bilan ajrashib ketishgan edi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining buyrug‘iga ko‘ra 1 nafar farzandi uchun aliment undirilishi belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga olingan va tegishli qaror qabul qilingan. Ijro harakatlari davomida qarzdorlik 2.400.000 so‘mga borib yetadi.

Kuni kecha ushbu oila vakillari bo‘lim binosiga taklif etildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Olib borilgan navbatdagi targ‘ibot samara berib ushbu oila yarashishga ahd qilishdi.

Umuman olganda, Byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan hokimlik, davlat va nodavlat tashkilotlar, keng jamoatchilik ishtirokida har bir mahallalarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Unda oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muammo va nizolarni bartaraf etish, ajrashishlarning oldini olish, ajrashish yoqasida turgan oilalarni yarashtirish masalalari alohida ustuvor qilib olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila tinch - olam tinch