
Foto: FVV matbuot xizmati
Qamchiq dovonida Isuzu va Damas o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 oktabr kuni soat 01:22 da Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 224 kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Unga ko‘ra, Vodiy–Toshkent yo‘nalishda harakatlangan Isuzu yuk mashinasi hamda Damas avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda yuk mashinasi yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.
«Mazkur vaziyat yuzasidan voqea joyiga zudlik bilan ‘Beshqo‘l’ navbatchilik maskanidan qutqaruvchilar, yo‘l patrul xizmati hamda tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olganligi bois Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazildi», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar