Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi fuqaro T. Ya. nisbatan firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra, T.Ya. «yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali» «E-ijro» elektron auksion savdolaridan har-xil rusumdagi avtomashinalarni xarid qilib berish evaziga fuqaro S.E.ni 74 000 AQSH dollariga chuv tushirgan.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahkama xabariga o‘zimizdan jindek qo‘shsak, 74 000 AQSH dollari sanab bergan shaxsni kim nima desa, laqqa ishonadigan sodda-go‘l deb bo‘lmaydi. Chunki, savdogar toifasi bir so‘mni ikki so‘m qilishga ko‘zi yetmasa, ming-minglab dollar naqd sanamaydi-da. Anglashiladiki, «E-ijro» elektron auksion savdolari shubhadan xoli emas. Unga rostdan ham «kattalar» ta’sir o‘tkazadimi-yo‘qmi — tergov jarayonida aniqlik kiritilsa, ajabmas... “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi"
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi