
Aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani to‘xtatib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirishdi.
Natijada, avtomashina yukxonasida unda yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan fuqaro T.M.ga tegishli bo‘lgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari hamda aksiz markalari bo‘lmagan umumiy qiymati 60,5 million so‘mlik 5500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona ViloyatiBojxona BoshqarmasiTamaki MahsulotlariKontrabanda QarshiHujjatlar TasdiqlovchiSurishtiruv Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar