Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholidan tushayotgan muhim savollarga javob qaytarildi.
Menda 3-4 kundan beri nafas yetishmasligi kuzatilyapti, ammo yo‘tal va isitma yo‘q. Rentgen tekshiruvida o‘pkamda hech qanday asorat yo‘qligini aytishdi. Nima qilsam bo‘ladi?
Nafas yetishmaslik holati turli kasalliklarning oqibati sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Bu nafas tizimi, yurak-qon-tomir a’zolari, endokrin tizim, hattoki asab tizimi kasalliklarida ham bunday holat bo‘lishi mumkin. Kasalliklarni bir-biridan farqlash uchun esa shifokor maslahati va qo‘shimcha tekshiruvlar zarur bo‘ladi. Tashxis aniqlangandan so‘ng davo muolajalarini davolovchi shifokor tavsiya qiladi.
Menda koronavirus aniqlandi, uy sharoitida davolanyapman. Virusdan butkul xalos bo‘lganimni, tuzalganimni qanday bilishim mumkin?
Murojaatingizdan ko‘rinib turibdiki, Siz koronavirus kasalligining yengil shakli bilan og‘rigansiz. Shuning uchun ham uyda davolanish tavsiya qilingan.
Tuzalganlik holatini sub’ektiv — ya’ni sizning umumiy holatingizning yaxshilangani, simptomlarning yo‘qligi bilan birgalikda ob’ektiv — ya’ni shifokor ko‘rigida tana a’zolarida hech qanday salbiy o‘zgarish yo‘qligi hamda laborator — ya’ni test topshirganingizda koronavirus aniqlanmagani orqali bilishingiz mumkin. Shuningdek, immunologik jihatdan antitanachalar shakllangani orqali ham bilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi