11:17 / 29.10.2020
2 050

Allamjonov xorij seriallari ko‘payib ketgani haqida

Allamjonov xorij seriallari ko‘payib ketgani haqida
«Milliy» telekanalida xorij seriallarini efirga uzatish kamaytirilib, ko‘proq milliy seriallarga e’tibor qaratiladi. Bu haqda telekanal asoschisi, Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.

Allamjonov seriallar tomoshabin ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli vosita ekani, ammo O‘zbekistondagi ko‘plab telekanallarda asosan xorij seriallari namoyish etilayotganini ta’kidlagan.

«Kuni kecha biz «Milliy» telekanali jamoasi bilan uchrashib, efir sifatini yaxshilash, yangi va qiziqarli loyihalarni amalga oshirish orqali telekanal reytingini yangi bosqichga olib chiqish uchun vazifalarni belgilab oldik.

Bugun, afsuski, ko‘p telekanallarda asosan xorij seriallari namoyish etilyapti, milliy seriallar esa deyarli yo‘q. Bu – bugun e’tibor qaratilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan muhim masala, deb hisoblayman.

Sababi seriallar tomoshabin ongiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli vosita hisoblanadi. Agar uni me’yori bo‘lmasa, bu ketishda ideologik suverenitetimizni yo‘qotib qo‘yishimiz hech gap emas.

Shu bois yaqin kelajakda «Milliy» telekanalida xorijiy seriallarni efirdan imkon darajada kamaytirish va ko‘proq o‘zimizning milliy seriallarni ishlab chiqarishga qaror qildik
», – deb yozdi Allamjonov Telegram'dagi kanalida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Allamjonov xorij seriallari ko‘payib ketgani haqida