20:44 / 29.10.2020
2 396

Mutaxassis sovuq kunlarda viruslarga qarshi kurashuvchi mevani ma’lum qildi

Mutaxassis sovuq kunlarda viruslarga qarshi kurashuvchi mevani ma’lum qildi
Foto: «Goodfon.ru»
Yilning sovuq mavsumida taomnomaga avokadoni kiritish kerak. Aynan shu meva viruslarga qarshi kurashishda organizmga yordam beradi. Bu haqda «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida sog‘lom ovqatlanish va ortomolekular tibbiyot bo‘yicha mutaxassis Marina Sergiyenko ma’lum qildi.

Mutaxassis kunning birinchi yarmida avokado iste’mol qilishni tavsiya etadi. Ushbu mahsulot tarkibida D, Ye vitaminlari va yog‘ kislotalari bisyor. Shu bois mavsumlar almashadigan davrda organizmga katta yordam beradi.

Faqat avokadoni xarid qilayotganda qoraymagan mevalarni tanlash kerak. Mevabandidagi chuqurchani tekshirib ko‘ring: agar sarg‘ish-yashil bo‘lsa, avokadoni bemalol sotib olishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis sovuq kunlarda viruslarga qarshi kurashuvchi mevani ma’lum qildi