date
views 2 078

Koronavirusning beshta asosiy simptomi ma’lum qilindi

Koronavirusning beshta asosiy simptomi ma’lum qilindi
Foto: RIA Novosti
Koronavirusning beshta asosiy simptomi haroratning ko‘tarilishi, yo‘tal, tomoqda og‘riq, hid va ta’m sezishning yo‘qolishi, o‘zini yomon his qilish hisoblanadi. Bu haqda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, virusolog Anatoliy Altshteyn ma’lum qildi.

O‘zingizda virusning 16ta alomatini qidirishga hech ham hojat yo‘q. O‘zingizda harorat ko‘tarilishi, yo‘tal paydo bo‘lishi, hid va ta’m sezish yo‘qolishi, tomoqdagi og‘riq va o‘zingizni yomon his qilishingizga e’tibor qaratish yetarli. Qolgan 20dan ko‘proq alomatga kelsak, agar kasallansangiz buni topishni shifokorlarga qo‘yib bering”, deb aytgan virusolog.

Uning ta’kidlashicha, koronavirus inson organizmidagi turli to‘qimalarni, jumladan asab hujayralarini zararlashi mumkin. Shu sababli ushbu kasallik simptomlari turfa xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli Altshteyn asosiy simptomlar bo‘lmaganda, ikkilamchi simptomlarni izlash kerak emasligini aytgan.

Agar sizda harorat, yo‘tal va boshqa simptomlar bo‘lmasa, unda barmog‘laringiz rangi o‘zgarganiga e’tibor qilmasangiz ham bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Altshteyn.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning beshta asosiy simptomi ma’lum qilindi