Qanday hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

Qanday hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?
Ushbu savolga "Huquqiy axborot" kanali javob berdi. Qayd etilishicha, quyidagi hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:
— so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
— go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan bo‘lsa;
veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa;
— veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;
— oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
— xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;
— veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar