18:40 / 05.11.2020
2 161

O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha oylik oluvchilar soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha oylik oluvchilar soni ma’lum bo‘ldi
Moliya vazirligi 2020 yil 1 oktabr holatiga O‘zbekiston davlat budjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unda mamlakatdagi rasmiy ishchilarning salkam 43 foizi 1 million so‘mgacha oylik oladigan xodimlar ekanligi qayd etilgan.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan 9 oy davomida davlat budjeti daromadlari 94,5 trillion so‘mni tashkil etgan yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 trillion so‘mga ko‘p mablag‘lar undirilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 11 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 trillion so‘mga ko‘paygan.

«Aylanmadan olinadigan solig‘idan tushadigan mablag‘ miqdori III chorakda joriy yilning II choragiga nisbatan 24 foizga oshdi. Bunga karantin cheklovlarining yumshatilishi bilan joriy yilning III choragida iqtisodiy faollikning o‘sishi sabab bo‘ldi», — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Moliya vazirligi 2020 yil iyul—avgust oylarida ish haqi darajasining dinamikasi qanday bo‘lganini ham ma’lum qilgan:

Skrinshot: Moliya vazirligi
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 million so‘mgacha oylik oladigan xodimlar soni jami rasmiy ishchilarning qariyb 43 foizini tashkil qilgan. Davletovuz’ning yozishicha, rasmiy ishlovchilar soni aprelda 3 million 748 mingdan ko‘proqni, may oyida 4 million 161 mingdan ortiqni tashkil qilgan. Fevral oyida 4 million 249 ming kishi edi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tahlillariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar—iyun oylarida iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorida band bo‘lgan aholi soni 5,5 million kishini tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha oylik oluvchilar soni ma’lum bo‘ldi