date
views 2 745

2021 yil 1 avgustga qadar gaz hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish to‘xtatib turiladi

2021 yil 1 avgustga qadar gaz hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish to‘xtatib turiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 sentabrdagi qaroriga ko‘ra, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish belgilangan, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.

Buning uchun 2021 yil 1 avgustga qadar respublikaning barcha hududlarida iste’molchilarga zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatib, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda, 2021 yil 1 fevralga qadar O‘rta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland bo‘lgan hududlarda tizimni o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi elektron hisoblagichlar «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholiga grafik bo‘yicha bepul tarzda o‘rnatiladi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlariga 1-bosqichda nazarda tutilmagan hududlardan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi aholining ovoragarchiligiga chek qo‘yish va ortiqcha pul mablag‘lari sarflashining oldini olish uchun, tabiiy gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddatini 2021 yil 1 avgustga qadar uzaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Hukumat ushbu aholiga yengillikni qo‘llab-quvvatladi.

Gaz hisoblagichlarning «standartdan o‘tkazish» muddati o‘tgan bo‘lsa ham, 2021 yil 1 avgustga qadar hisoblagichni qiyoslashning keragi yo‘q.
«Schetchik»ni davriy tekshiruvdan o‘tkazish muddati o‘tgan bo‘lsa-da, hisob-kitoblar hozirda uyda o‘rnatilgan hisoblagichlar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, 2021 yil 1 avgustga qadar eski ko‘rinishdagi gaz hisoblagichlarini qiyoslash uchun arizalar qabul qilinishi to‘xtatib turiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021 yil 1 avgustga qadar gaz hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish to‘xtatib turiladi