Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Qorao‘zak, Chimboy tumanlarida hokimlar o‘zgardi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Nukus shahriga Panayev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U.Panayev shu vaqtga qadar «Titan sement» MCHJ O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri «Titan DSZ» MCHJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.
Qorao‘zak tumanida ham hokim o‘zgardi. Bundan buyon Qorao‘zak tumanini Utambetov Uzaqbergen boshqaradi. U.Utambetov avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Nukus shahri va Qorao‘zak, Chimboy tumanlarining avvalgi hokimlarining qaysi ishga joylashgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni