08:00 / 08.11.2020
1 860

Farzandini 120 mln so‘mga «pullayotgan» ayol ushlandi

Farzandini 120 mln so‘mga «pullayotgan» ayol ushlandi
2020 yilning 28 oktabr kuni Xorazm viloyat IIB va DXX Xiva shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 22 yoshli S.M. moddiy daromad orttirish maqsadida, o‘zining 2020 yilning 2 iyun kuni tug‘ilgan voyaga yetmagan 4 oylik qiz farzandi Z.M.ni tadbirga jalb qilingan fuqarolar I.X. va N.R.ga 120 mln. so‘m evaziga sotishga kelishib, kelishilgan pulning 5.000 AQSH dollarini olib, qizi Z.M.ni sotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha S.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok qilishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandini 120 mln so‘mga «pullayotgan» ayol ushlandi