2 828
Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora olayotganida ushlandi
Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i, 53 yoshli Q.R. karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati yuzasidan jarima tayinlamaslik evaziga pora olayotganida ushlangan. Bu haqdagi ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan (voqeadan boxabar boshqa manba ma’lumotiga ko‘ra, tezkor tadbir 7 noyabr kuni o‘tkazilgan).
Unda viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Q.R. «O.» kompaniyasi rahbari M.dan Buxoro shahar IIB tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha jarima tayinlamaslik evaziga 400 dollar va 500 ming so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
«Mazkur holat yuzasidan Q.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi ‘v‘ bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan «Daryo»ga taqdim etilgan axborotda. Bu modda bo‘yicha aybdor deb topilganlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Avvalroq Buxoroda viloyat Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i Ashur To‘xtayev o‘g‘lining to‘yini Buxoro shahridagi «Ipak yo‘li» to‘yxonasida karantin qoidalariga zid ravishda o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi (keyinchalik Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i 4,46 million so‘m jarimaga tortilgan, biroq to‘yxonaga chora ko‘rilmagan edi). O‘shanda holat yuzasidan Viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi rahbari Qambar Rasulov «Daryo»ga izoh berarkan, «Ipak yo‘li» to‘yxonasidagi holatlardan bexabar ekanligini bildirib, sohani isloh qilish bo‘yicha 2020 yil iyul oyida qabul qilingan hujjatlar sababli, viloyatdagi to‘yxonalarga 30 nafardan oshmagan kishi bilan to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgani bo‘yicha tavsiya xati yetkazilmay qolganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi