
Muqaddam o‘g‘irlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilgan shaxsni vazirlik bosh hisobchisi lavozimiga siz ishga olganmisiz? Rahbar sifatida uning ish faoliyati haqida fikrlaringiz?
Ushbu savolga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov javob berdi.
«Yo‘q, bu lavozimga ushbu hisobchini men ishga olmaganman. Jinoyat ishi ochilgach, o‘sha kuniyoq uni yonimga chaqirib arizasini oldim. Bundan so‘ng bu kabi ishlar bo‘lmasligi uchun kadrlarni ishga olishda qattiq nazorat o‘rnatiladi», dedi vazir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar