Foto: AOKA
AOKA press-xolida «Mediada shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish: huquqiy va axloqiy jihatlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev o‘z fikrlarini bildirdi:
«Axborotni yetkazib berish ehtiyoji bilan birgalikda shaxsning haq-huquqlarini himoya qilish talablarini ham bajarish kerak. Tezkorlik bilan birga shaxsga ziyon yetkazmaslik, uning huquqlarini muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak.
Chunki bizda shunaqa holatlar bo‘lyaptiki, aksariyat hollarda turli axborotni uzatish harakatida bevosita shaxsga doir ma’lumotlar ochiqlanyapti. Bunday holatlar o‘sha shaxsga zarar yetkazyapti. Bizda shaxsga oid ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha qonunda belgilangan talablar bor. Lekin bu talablar bajarilmayapti.
Buning uchun nima qilishimiz kerak? Avvalambor, qonunchilikdagi talablar nimadan iborat? Shaxsiy hayot bor va so‘z erkinligi bor. O‘rtadagi chegara qayerdan o‘tgan? Qaysi jihatlarga e’tibor berishimiz kerak?
Shu masalalarga biz sizlar bilan javob topishga harakat qilamiz. Bizga bu masalalarni sharhlashda Adliya vazirligi va uning qoshidagi maxsus Markaz xodimlari yordam berishadi».
Asadjon Xo‘jayev, shuningdek, OAV xodimlari, jurnalistlarning media-makonda o‘z haq-huquqlarini himoya qilishlari bo‘yicha yangi platforma yaratilishini ma’lum qildi.
«OAV xodimlari, jurnalistlar media-makonda o‘z haq-huquqlari, bahsli hodisalar bo‘yicha fikrlari bilan bo‘lishib, shu fikrlar yuzasidan malakali yuristlar, advokatlar xulosasini olib borishlari uchun yangi platforma yaratiladi — maxsus veb-sayt ochiladi.
Bu bo‘yicha Adliya vazirligi bilan hamkorlikni rejalashtirib qo‘ydik. Bu yerda malakali huquqshunoslarning, xususan aynan media yo‘nalishidagi yuristlarning sharhlari, videolavhalari, savollarga yozgan javoblari, izohlari joylashtirib boriladi.
Birinchidan, bu resursdan 24 soat foydalanish imkon bo‘ladi. Ikkinchidan, muayyan masala yoki bahsli vaziyat bo‘yicha yurist tomonidan berilgan xulosa doim o‘sha sahifada turadi, uni ko‘chirib olib, ko‘rib, turli vaziyatlarda qo‘llash, foydalanish mumkin bo‘ladi.
Bu, birinchidan, OAV vakillarining huquqiy ongini oshirishga yordam beradi, bilimlarini kuchaytiradi. Ikkinchidan, bu davlat boshqaruvi organidagi OAV bilan ishlovchi xodimlar, axborot xizmatlari, matbuot kotiblarining samarali malakaga ega bo‘lishiga, bilmagan masalalar bo‘yicha javob olishlariga xizmat qiladi», dedi AOKA rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi