Bugun, 11 noyabr kuni AOKAda Koronavirusga qarshi kurashi shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokda brifing o‘tkazildi. Unda karantin qoidalari yana kuchaytirilishi mumkinmi degan savolga javob qaytarildi.
— Karantin qoidalari yumshatilgani odamlarni xotirjamlikka emas, aksincha, sergaklikka chorlashi kerak. Chunki endi uyda, ishda, ko‘chada, bozorda boshqa odamlar bilan ko‘proq yuzma-yuz bo‘lishadi. Koronovirus infeksiyasi esa o‘ta kontagiozligi bilan xavfli. U juda tez tarqaladi va agressiv. Dunyo bo‘ylab kundan kunga kasallangan va vafot etganlar soni ortib bormoqda.
Dunyo tajribasida ko‘rinmoqdaki, har qanday cheklovdan ko‘ra, odamlar orasidagi karantin madaniyati koronavirusni oldini olishda samaraliroq bo‘lib qolmoqda. Bundan keyin har bir inson pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganishi, unga moslashishi kerak.
Agarda biz barcha sanitariya-gigena qoidalariga rioya qilsak, ya’ni qo‘lni sovun bilan tez-tez yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirsak, tibbiy niqoblardan to‘g‘ri foydalansak va ijtimoiy masofani saqlasak, karantin qoidalarini kuchaytirishga hojat qolmaydi, — deydi Barno Abdusamatova. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"