20:40 / 12.11.2020
2 564

Sifatiga kim kafil?

Sifatiga kim kafil?
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Bektemir tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqarolar X.N., G‘.X.lar 9 dona karton qutilarda umumiy qiymati 60 million so‘mlik 2000 dona “STOPER 2GM” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro F.Q. umumiy qiymati 76 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan 2000 dona “Flenoks 0.4 ml” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifatiga kim kafil?