Koronavirus qaytalagan bemorga mutaxassis maslahat berdi

Koronavirus qaytalagan bemorga mutaxassis maslahat berdi
Bugun AOKA press-xolida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

– Avgustda COVID-19ning o‘rta og‘ir turini boshimdan o‘tkazdim. Uch kun avval yana virus yuqtirib olganim tasdiqlandi. Bunisi og‘irroq kechyapti. Nima maslahat berasiz?
– Tadqiqotlar koronavirusga chalingan odam virusni qayta yuqtirib olish xavfidan xoli emasligini isbotlamoqda. Unga ko‘ra, kasallikni yengganlar ham niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va qo‘llarni tez-tez yuvish qoidalariga rioya qilishlari kerak.Qayta yuqtirish bilan bog‘liq rasmiylashtirilgan holatlar juda kam uchraydi — 53 millionga yaqin holatdan atigi bir nechta xolos.

Sizda ham kasallik qaytalangan bo‘lishi mumkin. Siz sanab o‘tgan klinik belgilar bilan shifokor virusolog yoki infeksionist nazoratida davolanishingiz lozim.

– Profilaktika uchun vitamin «D» va Sink preparatini qancha vaqt ichish mumkin?
– Albatta profilaktika maqsadida vitamin «D» va Sink preparatlarini qabul qilish mumkin. Faqat, har qanday holatda ham uchastka (oila) shifokori bilan maslahatlashgan holda yo‘l tuting.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar