Rossiyalik virusolog olim Aleksey Agranovskiyning aytishicha, ko‘k choy, arpabodiyon va anor sharbatini koronavirusga qarshi haqiqiy davo vositasi deb hisoblamaslik kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi «milliy» dorivorlar, o‘simlik vositalari ta’sirchan tabobatga aloqador emas. “Inson organizmidagi virusga hech narsa qarshi ta’sir qilmaydi, bunday vosita yo‘q. Bu kabi «dorivor» deb ataladigan o‘simliklar va vositalar shunchaki yolg‘on umid beradi”, - deydi olim.
Shuningdek, u foydali mikroelementlar va vitaminlarga boy tabiiy mahsulotlar immunitetni kuchaytirishini, lekin hech bir sharbat viruslarni o‘ldirish kuchiga ega emasligini ta’kidlagan.
Avvalroq, Germaniyadagi Ulma universiteti Tibbiyot markazining molekular virusologiya instituti xodimlari arpabodiyon sharbati organizmda koronavirusning faolligini pasaytirishi va uning patogenni (tanasini) 79 foizgacha yo‘q qilishini aytgan edi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, boshqa tabiiy sharbatlar va ko‘k choy ham nordon ta’mi va o‘simlik polifenollari evaziga kasallikning kuchini zaiflashtira oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi