Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi huqubuzarlik o‘z vaqtida fosh etildi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishini oldini qaratilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.D o‘ziga tegishli 255 600 dona pirotexnika vositalarini shartli xaridorga pullayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Tadbir davomida umumiy qiymati salkam 64 million so‘mlik pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1851-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish - huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 2501-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan. Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin