16:19 / 19.11.2020
2 661

Mahkumlar jazodan ozod qilindi

Mahkumlar jazodan ozod qilindi
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish odil sudlov oldiga qo‘yilgan eng muhim masalalardan biridir.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasida, ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkinligi, shuningdek, shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazo, ya’ni muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan ham ozod qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida 2020 yil 18 noyabr kuni o‘tkazilgan ochiq sud majlisida, muqaddam turli jinoyatlarni sodir etgani uchun, sud hukmi bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan 4 nafar va ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan 1 nafar shaxslar, jumladan 1 nafar ayol mahkumaga nisbatan insonparvarlik prinsiplari qo‘llanib, o‘talmagan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahkumlar jazodan ozod qilindi