Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati
Toshkent viloyatida 17 noyabr kuni besh kishi harakatlanayotgan to‘rtta teplovoz vagonlaridan ko‘mir o‘g‘irlashga uringan, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.
Yuk poyezdi «Obliq» temir yo‘l bekatida 4 ta vagondagi ko‘mir mahsulotlari yuk qabul qiluvchi Olmaliq kon metallurgiya kombinatini Angren shahridagi filiali bo‘lganligi uchun uzib qolingan.
«Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilish maqsadida 5 nafar noma’lum shaxslar vagonga osilgan», — deyiladi xabarda.
Shu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi tomonidan vagonga chiqqan shaxslarni ushlash maqsadida teplovoz to‘xtatilgan, lekin teplovoz to‘xtagach, ushbu shaxslar har tomonga qochib ketishgan. Hozirda tezkor qidiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi