Foto: Aleksandr Judro / Toshkent hayvonot bog‘i
Toshkent viloyatidan Toshkent hayvonot bog‘iga pushti pelikan olib kelindi, deya xabar bermoqda bog‘ matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, qush elektr simlariga urilib, yerga qulab tushgan. Kuzgi ko‘chish paytida qush zaiflashgan va turdoshlaridan ortda qolib ketgani taxmin qilinmoqda.
Pushti pelikan O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan va mamlakat hududida – Janubiy Orol dengizi mintaqasida, Amudaryo, Zarafshon va Sirdaryo havzalarida yashaydi.
Foto: Aleksandr Judro / Toshkent hayvonot bog‘i
«Pelikanlar oq pushti ranglari bilan mashhurdirlar, ammo bizning pelikanimiz hali ham o‘spirin ekan, shuning uning rangi kul rang-jigar rangga yaqin. Ammo tez orada, u organizmi uchun muhim davrni bosib o‘tgach, uning rangi o‘zgaradi.
Ayni paytda yangi mehmonimiz alohida yashayapti va mutaxassislarimizning nazorati ostida. Biroq tez orada u kuchga to‘ladi, yangi do‘stlar topadi va o‘zining butun chiroyini namoyish etadi», – deyiladi bog‘ matbuot xizmati xabarida.
Foto: Aleksandr Judro / Toshkent hayvonot bog‘i
Ma’lum qilinishicha, pelikan o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va «mehmonlar bilan uchrashishni orziqib ketmoqda». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi