Ushbu savolga AOKAdagi brifingda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor G‘ulomov quyidagicha javob berdi:
— Bu masala qo‘mitaga taalluqlilik darajasi yuqori bo‘lmasa-da, har yilgi o‘rganishlarga ko‘ra, bunga asosiy sabab — ko‘p xonadonli uylarda issiqlik yetkazib berish tizimining umuman yaroqsiz holga kelganidir.
Ya’ni ko‘p xonadonli uylarda isitish yetkazib berilmasligi natijasida xonadonlarda o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan qo‘lbola isitish pechlaridan foydalanish: uyda gaz yoqish, ovqat pishirish jarayonida bosim pasayishi va hatto uzilish holatlari.
Aholi kechasi bu moslamalarni qarovsiz, ya’ni yoniq qoldirishi oqibatida is gazidan emas, gazning o‘zidan zaharlanadi.
Yana bir sabab — zaharlanmaganda ham, ertalab gaz o‘chib, qayta gaz kelishi tufayli uxlab yotgan kishi uyqusirab chiroqni yoqadi. Natijada uchqundan chatnash, portlash sodir bo‘ladi.
Is gaziga to‘xtaladigan bo‘lsak, bosim pasaysa-pasaymasa ham, olov yonib turaveradi. Xona shamollatilmaydi, havo kirmaydi, ya’ni sovuq kirmasin deb eshik-oynalar yopib o‘tiriladi. Shunda xonada gaz konsentratsiyasi ko‘payib, kislorod kamayib ketadi va o‘pkada asfiksiya degan hodisa ro‘y beradi.
Is gazi konsentratsiyasidan atigi ikki marta nafas olgandayoq, shuning o‘zi odam hayotdan ko‘z yumishiga yetarli bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi