2 191
Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolati IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolatining Ichki ishlar vazirligidan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida aytib o‘tildi, deb ma’lum qildi deputat Rasul Kusherbayev.
Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi. Bu jarayonning 2021 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.
«Umid qilamizki, bu haydovchilik mas’uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi», — deya qo‘shimcha qilgan deputat.
Avvalroq «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya e’lon qilingandi.
IIV YHXBB mazkur petitsiyaga munosabat bildirib, 16 yoshli bolalarda hali «men» degan fikr so‘nmagan bo‘lishi, maqtanishni, oliftalikni yaxshi ko‘rishi, buning oqibatida esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik, mensimaslik yoki qasddan tengdoshlariga, do‘stlariga avtomobilini maqtanish uchun yo‘l harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkinligi haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda