Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Namanganlik maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan maktub oldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Azizbek Mirzaxanov Namangan shahridagi 33-umumta’lim maktabida tahsil oladi. Ingliz tili va Buyuk Britaniya tarixidan tashqari, mashhurlarning dastxatini to‘plashga ham qiziqadi.
Foto: Zohidjon Mamasoliyev
«Qirolicha har kuni dunyoning turli davlatlaridan yuboriladigan o‘nlab maktublarni erinmay o‘qib chiqishi haqida o‘qigandim. Shundan keyin menda ham u kishiga xat yuborish ishtiyoqi tug‘ildi. Maktubimda O‘zbekiston, jumladan, o‘zim tug‘ilib-o‘sgan Namangan shahri haqida hikoya qildim, ingliz tiliga qiziqishimni bildirdim, fotolar yubordim. Oradan uch-to‘rt oy o‘tib Vindzor qal’asidan javob xati keldi», — deydi Azizbek.
Javob xatida maktub uchun minnatdorlik bildirilgan va dastxat berish mavjud qoidalarga to‘g‘ri kelmasligi sababli qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i fotosi yuborilgan.
![]()
Foto: Zohidjon Mamasoliyev
Azizbekning aytishicha, u kelgusida Buyuk Britaniyada o‘qishni niyat qilgan. Xobbisini ham tashlab qo‘ygani yo‘q: Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga ham dastxat so‘rab maktub yo‘llagan, hozirda ularning javobini kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistondagi koronavirusni davolash tadqiqoti Buyuk Britaniyada qiziqish uyg‘otdi

Namanganda ikkita osmono‘par bino qurish rejalashtirilmoqda (foto)

«Buyuk kelajak»ning bir guruh ekspertlari tashkilotni tark etdi

Tovlamachilik qilayotgan “Telegram” kanali adminlari qo‘lga olindi

Xorijdagi o‘zbekistonliklardan ekspertlik kengashi tuzildi

2015 yilda O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari soni 483 ming nafarni tashkil etdi