09:43 / 03.12.2020
3 185

Gazdan qarzdorlik to‘g‘risida SMS xabar yuborish boshlandi

Gazdan qarzdorlik to‘g‘risida SMS xabar yuborish boshlandi
"Hududgaz Raqamlashtirish" korxonasi tomonidan tajriba tarzida iste’molchilarga ishlatilgan tabiiy gaz uchun yuzaga kelgan qarzni to‘lash zarurligi haqida SMS xabarlar yuborildi.

"Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlabki 3450ta xabar Toshkent viloyati tumanlari aholisi tomonidan qabul qilinib, mazkur SMS xabarlardan so‘ng bir kun ichida viloyat aholisi tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun 50 million so‘mga yaqin to‘lovlar amalga oshirildi.

“Gaz iste’molchilarini SMS xabarlar orqali xabardor qilish imkonini beruvchi zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish samarador ekanligini inobatga olgan holda, "Hududgaz Raqamlashtirish" abonent xizmati mamlakatimizning boshqa hududlari aholisiga ham qarzdorlik haqidagi 63 mingta SMS xabar yubordi.

"Hududgazta’minot" AJ barcha iste’molchilardan foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni so‘raydi. Buning uchun endi gaz ta’minoti tashkilotlariga borishga hojat yo‘q. Gaz uchun to‘lovlarni "Payme", "Click", "Paynet" elektron to‘lov tizimlari orqali, shuningdek joylardagi tijorat banklarining to‘lovlarni qabul qilish punktlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi”, - deyiladi xabarda.

"Hududgazta’minot" AJ hozirgi vaqtda tabiiy gaz iste’molchisi shaxsiy kabineti hududgaz.uz saytida sinovdan o‘tkazilayotgani, bu xizmat orqali abonentlar mavjud qarzlar, gaz iste’moli hajmi, oldindan to‘lovlar va ularni amalga oshirish haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkinligini ma’lum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gazdan qarzdorlik to‘g‘risida SMS xabar yuborish boshlandi