15:20 / 07.12.2020
6 025

Andijonda birovning xotini bilan «yurgan» prokuror yordamchisi ishdan olindi

Andijonda birovning xotini bilan «yurgan» prokuror yordamchisi ishdan olindi
Odamlarga gap topilmay turadi, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqqa «tanda qo‘ygan»lar uchun. Ikki kundan buyon Andijon viloyatidagi tumanlarning birida prokuror yordamchisiga oid voqea muhokama mavzusiga aylandi: emishki, u birovning xotini bilan «yurar» ekan! Munosabat-izohlardagi tavqi-la’natlarni-ku, qo‘yavering...

Ko‘p o‘tmay o‘sha «Don Juan» ishdan olingani haqida xabar tarqagach, muhokamalarning keyingi bosqichi boshlandi. E’tiborlisi, bu safar prokuratura xodimiga xayrixohlar ham paydo bo‘lib, shaxsiy hayot daxlsiz ekani, buning uchun ishdan haydashdek chora qo‘llash to‘g‘ri emasligi ta’kidlanadi...

Bugun ertalab ish yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘lanib, kerakli ma’lumotlarni olgach, gap orasida andijonlik «ishtonbog‘i bo‘sh» xodim va uning «sevligisi»ga oid xabarlar xususida ham so‘raldi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari hammasidan boxabarligi, xodimning ishdan bo‘shatilganiga izoh o‘laroq, tizimda professional salohiyatidan tashqari «shaxsiy hayot» masalasiga ham qattiq e’tibor berilishi, axloqi so‘roq ostidagi kadrdan, agar u «almashtirib bo‘lmas» taqdirdayam, darhol voz kechilishi mutlaqo tabiiy ekanini qayd etdi. Zero, Bosh prokurorning maxsus buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Kasb odobnomasi» shuni talab qiladi...

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda birovning xotini bilan «yurgan» prokuror yordamchisi ishdan olindi