«Kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (770-son, 07.12.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini (Cannabis Sativa L.) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi;
- kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqarilgan yerlar ajratib beriladi;
- kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun ekin navining uchinchi va undan keyingi reproduksiyadagi urug‘liklarini ekishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- kannabis o‘simligi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizdan oshgan hollarda, ushbu o‘simlik, shuningdek, uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar belgilangan tartibda olib qo‘yiladi va yo‘q qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?