21:45 / 07.12.2020
3 209

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 28 yilligi munosabati bilan 104 nafar mahkumni afv etdi

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 28 yilligi munosabati bilan 104 nafar mahkumni afv etdi
Foto: «O‘zbekiston24» telekanali
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 104 nafar fuqaro afv etildi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanali reportajida ma’lum qilindi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».

Afv etilgan shaxslarning 6 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 50 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, yana 17 kishining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 41 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi. Natijada jami 63 kishi jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilgan.

Ma’lum qilinishicha, afv etilganlarning 13 nafarini chet el fuqarolari, 9 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 1 nafarini ayol hamda 21 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 29 yilligini nishonlash arafasida 113 nafar mahkumni afv etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 28 yilligi munosabati bilan 104 nafar mahkumni afv etdi