14:30 / 08.12.2020
4 543

Farg‘onalik «okaxon» jarimaga tortildi

Farg‘onalik «okaxon» jarimaga tortildi
Foto: Ijtimoiy tarmoq
Joriy yilning 7 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Farg‘onalik okaxonlarimizga bo‘laveradimi?» sarlavhasi ostida xabar tarqalgan.
Xabarda, Farg‘ona viloyati IIB JTSBga tegishli bo‘lgan, Neksiya rusumli, 40 312 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzgan holda 1.4 (To‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi.

Yakka holda yoki 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi) yo‘l yotiq chizig‘i chizilgan joyda to‘xtab turganligi aks etgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat o‘rganilgan va Neksiya rusumli, 40 312 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan Farg‘ona viloyati IIB JTSB haydovchi xodimiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

«Jamoatchilik nazorati rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shib borayotgan fuqarolarga minnatdorchilik bildirib, barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodimlar zaruriyat yuzasidan qoidalarda belgilangan tartibni chetlab o‘tish holati yuzaga kelganda ko‘k va qizil rangli mayoqchalarni yoqib, xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onalik «okaxon» jarimaga tortildi