Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, prezidentning “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 20 iyuldagi PF–6029-son farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 iyulga qadar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali ko‘chma savdoni boshlash to‘g‘risida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
2021 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
Davlat soliq qo‘mitasi ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanadi.
Quyidagilar:
Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar quyidagilarga imkon beruvchi “K – SAVDO” AATni ishga tushiradi:
Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi “K – SAVDO” AATni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish manbai etib belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

- ko‘chma savdo tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘chma savdo ob’ektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
- ko‘chma savdo joyi joylashish sxemalari doirasida “K – SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanadi.
Quyidagilar:
- umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- “K – SAVDO” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati;
- ko‘chma savdo faoliyatini tartibga solish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar quyidagilarga imkon beruvchi “K – SAVDO” AATni ishga tushiradi:
- ko‘chma savdo ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun buyurtma berish;
- aholi punktining interaktiv xaritasiga kiritilgan ko‘chma savdo joylarining sxemalariga muvofiq elektron auksionlarni amalga oshirish;
- ro‘yxatga olish uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek pul mablag‘larini qaytarish;
- tadbirkorlik sub’ektlariga real vaqt rejimida ko‘chma savdo ob’ekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi elektron hujjat yuborish;
- vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ko‘chma savdo ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumot yuborish;
- ko‘chma savdo joylashish sxemasida mavjud bo‘sh turgan va band bo‘lgan ko‘chma savdo joylari to‘g‘risida ma’lumot olish;
- ko‘chma savdo ob’ektlari reyestrini yuritish.
Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi “K – SAVDO” AATni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish manbai etib belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Samarqandda Cobalt maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi (video)

"Gubernator kubogi"ni Xalakov va Mirzahmedov g‘alaba bilan boshladi

Mirjalol Qosimov "Shabab Al-Ahli"ga qarshi o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan nimalar dedi?

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirokidagi matbuot anjumani

Dubayda ishlayotgan Alisher Uzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

"Shabab Al Ahli" ustozi: "Masharipov AGMK bilan o‘yinga to‘liq tayyor"

"Gubernator kubogi"da Boturov, Ro‘zmetovdan g‘alaba, Sanjar Tursunov esa...

Rossiya kemalar va samolyotlar guruhini Qrimda to‘plagan. Hududda nimalar bo‘lyapti?