Andijon shahrida 2020 yilning 26 noyabr kuni soat 12:30 larda fuqaro 26 yoshli Zulfiyaxon I. maktab o‘quvchilari – voyaga yetmagan 8 yoshli Rayyona Sh. va 7 yoshli Zarina A.larning yolg‘iz kelayotganligidan foydalanib, ularning qulog‘idan 2 juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Zulfiyaxon I. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yilning 27 noyabr kuni soat 13:00 larda Andijon shahar A.Temurshoh ko‘chasida maktab o‘quvchisi – voyaga yetmagan 9 yoshli Munisa N. ni qulog‘idan bir juft ziraklarini yechib olgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida gumon qilinuvchi Zulfiyaxon I.dan jabrlanuvchilar – Rayyona Sh. va Zarina A.larga tegishli bo‘lgan sirg‘alar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Zulfiyaxon I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi