date
views 4 724

Diniy qo‘mita vakili Suriyadan olib kelinadigan o‘zbek erkaklari haqida

Diniy qo‘mita vakili Suriyadan olib kelinadigan o‘zbek erkaklari haqida
Yaqinda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan «Mehr» operatsiyasining navbatdagi bosqichi doirasida, Suriya mamlakatining jangovar harakatlar davom etayotgan qismidan yurtdoshlarimiz Vatanimizga qaytarildi.

Xo‘sh, bu operatsiyasi bo‘yicha ayollar va bolalardan tashqari erkaklar ham qaytadimi? AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov mazkur masalaga to‘xtalib o‘tdi.

«Ushbu operatsiya davomida birinchi navbatda eng muhtoj bo‘lgan bolalar va ayollar olib kelinyapti. Erkaklar borasida o‘rganish kerak bo‘lgan jihatlar bor. Agarki ularning qo‘li qon bo‘lmasa, kimningdir qotili bo‘lmasa, vaqti kelib, Vatanga albatta qaytadi», - dedi Muzaffar Komilov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diniy qo‘mita vakili Suriyadan olib kelinadigan o‘zbek erkaklari haqida