Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari orasida sodir bo‘lgan kelishmovchilik videosi tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13 dekabr kuni taxminan soat 15.00 da Yunusobod tumani IIO FMB 5-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari – podpolkovnik Sh. Alimkulov va kapitan D. Majidov «Universam» savdo kompleksi yaqinidagi yer osti yo‘lagida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi ayol, erkak va yigitga savdoni to‘xtatib, savdo mollarini yig‘ishtirish va yo‘lakni fuqarolar uchun bo‘shatish to‘g‘risidagi ogohlantirish bergan.
IIBBga ko‘ra, o‘rtada janjal ko‘tarilib, yigit ichki ishlar organlari xodimlari bilan mushtlashmoqchi bo‘lgan. Ziddiyat kuchayib yigit voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimining yuziga urgan.
«Shu sababli xodimlar yigitning qo‘llariga kishan solishga majbur bo‘lishgan va uch nafar tartibbuzarlar shaxslarini aniqlash va keyingi surishtiruvlar uchun 5-son IIBga olib ketilgan», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, internet tarmog‘ida tarqalgan videoda ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan A. X.ning qo‘lga olinishi tasvirga tushgan. Yerda yotgan ayol – 42 yoshli X. T. savdo mollari sumkasining ustiga yotib, xodimlar uni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Mazkur hodisa yuzasidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi