Foto: t.me/sngnewsb
Britaniyalik mutaxassislar buyuk olim, tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning obrazini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.
Ibn Sinoning obrazi qabri Hamadonga ko‘chirilayotgan paytda suratga olingan bosh suyagi rasmlariga qarab tiklandi. Faylasuf-olimning tashqi ko‘rinishi taxminan ushbu rasmdagi kabi bo‘lganligi aytilmoqda xabarda.
Abu Ali ibn Sino — buyuk qomusiy olim, tabib va faylasuf. Milodiy 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida dunyoga kelgan va 1037 yilda Hamadonda vafot etgan. G‘arbda Avitsenna (ingl. Avisenna) nomi bilan mashhur.
Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va e’tibori ko‘proq falsafa va tibga qaratilganini ko‘ramiz. Garchi, uni «Avitsenna» sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, «Tib qonunlari» bo‘lsa-da, «Shayx-ar-rais» nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi