3 127
Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi 3 mingdan ortiq arxiv hujjatlarini «makulatura»ga sotib yuborgani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini sotib yubordi, deb xabar bermoqda Nasafnews.
Ma’lum bo‘lishicha, Yakkabog‘ tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X.R. tuman IIBga murojaat qilib, 13 noyabr kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qat’iy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016—2018 yillardagi jami 3031 dona yig‘ma jild ish hujjatlari yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xo‘jalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A.J. tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qog‘oz yig‘uvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yig‘ma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi