17:05 / 17.12.2020
4 012

DXX Urgut va Sardobadagi koruupsion holatlarni fosh qildi

DXX Urgut va Sardobadagi koruupsion holatlarni fosh qildi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Urgut tuman filiali mutaxassisi 15 sotix tashlandiq yer maydoniga egalik huquqini beruvchi tuman xokimining qarorini chiqartirib, tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 2000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv iste’molchilari uyushmalaridan birining raisi bog‘dorchilikka mo‘ljallangan yer maydonlarini poliz ekinlari ekishga berish orqali shaxsiy moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida vakolatini suiste’mol qilib, mahalliy fermer xo‘jaligining 4 gektar yer maydonini Guliston shahrida yashovchi fuqaroga ajratib berish evaziga 20 mln. so‘m olgan vaqtida DXX hamda Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Urgut va Sardobadagi koruupsion holatlarni fosh qildi