Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekistonga 2020 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida 467 ming nafardan ortiq mehnat migrantlari qaytib keldi, deb xabar bermoqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlikka ko‘maklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Rossiyadan 257 ming, Qozog‘istondan 129 ming, Turkiyadan 14 ming, Koreya va boshqa davlatlardan 66 mingdan ortiq vatandosh qaytgan.
Qaytib kelgan fuqarolarning salmoqli qismi (49,0 foizi) chet davlatlarda qurilishning turli yo‘nalishlarida ishlagan. Ularning 11,4 foizi sanoat korxonalarida, 7,8 foizi qishloq xo‘jaligi ishlarida, 10,5 foizi savdo va boshqa maishiy xizmat ishlarida, 21,2 foizi boshqa yo‘nalishlarda mehnat qilgan.
«Vatanga qaytgan mehnat migrantlarini ichki mehnat bozoriga reintegratsiya qilish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish va eng muhimi ularning bandligini ta’minlash maqsadida, avvalo, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar kontingentini aniqlab olish jarayonlari tashkil etilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 2020 yilning o‘tgan 11 oyi davomida vatanga qaytgan mehnat migrantlarining 39 225 nafari (84 foizi) uyma-uy yurib o‘rganilgan, 74 754 nafar (16 foizi) mehnat migrantlari bo‘yicha monitoring ishlari davom ettirilmoqda. Monitoring o‘tkazilgan fuqarolarning 268 267 nafari (57 foizi) bandligi ta’minlangan.
Shuningdek, xorijda ishlab kelgan mehnat migrantlarining 35 651 nafari (7,6 foizi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chet davlatlarga qaytib ketgan. 88 691 nafari (19 foizi) vaqtincha ishsiz hamda 16 325 nafari (4 foizi) turli sabablarga ko‘ra mehnatga layoqatsizligi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Sharmandaga shahar keng
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi