Buxoro viloyatining Jondor tumanida o‘ziga tegishli dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxs qilmishi fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.
Aniqlanishicha, Jondor tumanining «Oytug‘di» mahallasida yashovchi 45 yoshli fuqaro A.B. mehnat qilmay daromad topish maqsadida dala shiyponida fohishaxona ochgan.
Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar N.X. va M.X.lar mazkur dala shiyponda axloqsiz holatda qo‘lga olingan. Fuqaro A.B. ularning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 100 ming so‘m pul evaziga shart-sharoit yaratib bergani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi