14:49 / 22.12.2020
2 636

Xorazmda «zagranpasport» olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgan

Xorazmda «zagranpasport» olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgan
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining, shu jumladan, Xorazm viloyatining ayrim shahar va tumanlaridagi IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari oldida odatdagidan ko‘p fuqarolarning yig‘ilganligi va ular navbatga turish tartibiga rioya qilmayotganliklari aks etgan foto va videoxabarlar tarqaldi. IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, bu kabi navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar tarqalgani sabab yuzaga kelgan.

O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun murojaat qilayotgan aholining asosiy qismi Rossiya hududida mehnat qilayotgan fuqarolar ekanligi aniqlangan. Mazkur fuqarolar 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston fuqarolari barcha MDHga a’zo davlatlarga, shu jumladan, Rossiyaga faqat xorijga chiqish biometrik pasporti bilan chiqishlari tartibi kuchga kirishi munosabati bilan ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilmoqda.

Ushbu hududlarda yashovchi aholi orasida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqalgan.

«Shuni ta’kidlash joizki, pandemiya munosabati bilan hozirgi kunda bir qator davlatlar, shu jumladan, Rossiya O‘zbekiston bilan avia va temir yo‘l qatnovini qayta tiklashni rejalashtirayotgani bo‘yicha Ichki ishlar vazirligiga rasmiy ma’lumotlar kelib tushmagan», — deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda Xazorasp va Xiva tumanlari ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha navbatda turgan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilgan, ularga navbat talonlari tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari 2021 yil 1 yanvardan boshlab faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasporti («qizil pasport») bilan O‘zbekiston hududidan chiqishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda «zagranpasport» olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgan