23:30 / 22.12.2020
3 118

Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish markazi xodimlarining oylik maoshlari bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etildi

Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish markazi xodimlarining oylik maoshlari bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etildi
Adliya vazirligi tomonidan Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi xodimlarining oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar shrganib chiqilib, natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini tayyorlash zarurligi haqida Moliya vazirligiga takliflar yuborilgan edi.

Natijada 2020 yil 27 oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-6094-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga asosan 2018 yil 2 iyuldagi “Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3824-son qarori 2-ilovasining izohiga kiritilgan o‘zgartirishga binoan markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llanilishi hamda 2019 yilning 13 dekabridan boshlab qayta hisob-kitob qilinishi natijasida aniqlangan farq bo‘yicha to‘lovlar to‘lab berilishi belgilandi.

Vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi va hududiy adliya organlari tomonidan markazlarda ishlovchi xodimlarning oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilinishi natijasida aniqlangan farq bo‘yicha to‘lovlarni qisqa muddatlarda to‘lab berilishi bo‘yicha monitoringlar o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan vakolatli idoralarga 18 ta taqdimnomalar kiritilib, ularning ijrosi to‘liq ta’minlandi hamda bugung kunda markazda ishlagan 1596 nafar fuqarolarning 20,1 mlrd. so‘mdan ortiq miqdordagi ish haqlari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

Inson huquqlarining
himoya qilish boshqarmasi xodimi
Sherali Suyunov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish markazi xodimlarining oylik maoshlari bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etildi