Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtda ommaviy ravishda ko‘p qavatli yangi uylar qurilayotganiga qaramasdan, ularning narxi nega pasaymayotganiga oid savolga izoh berdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».
Avvalroq shahar hokimi mahalliy deputatlarga murojaatida 2020 yilda 125 ta 8444 ta xonadonga (595 ming kv.m) ega ko‘p qavatli uylar qurilganini ma’lum qilgan edi.
«Ko‘pchilik hamma yoq qurilish, qum va chang bo‘lib ketdi, deb norozi bo‘ldi. Agar bugungacha Toshkentda ommaviy qurilishlarni qilmaganimizda bugungi narxlar ham bo‘lmasdi. Biz ikki yarim — uch yil avval o‘tirib, yaqin orada uylarning narxi 1 kvadrat metrga 1500 dollardan kam bo‘lmasligini prognoz qilganmiz. Xabaringiz bo‘lsa, shaharda uylarni 2−3 ta kompaniya qurardi. Uylarni ham sotish ofislari bo‘lmas edi, qanaqadir tanish topishingiz kerak edi. Qaysidir ofislarga chiqardingiz, tortmani ochardi, «50 foizini qo‘ying, bitganda olasiz», derdi — 3 yil oldin», — degan hokim.
Hokim agar Toshkent shahrida qurilish to‘xtatib qo‘yilsa, narxlar keskin oshishi kuzatilishini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida