15:23 / 24.12.2020
2 232

Salkam 563 million so‘mlik bojxona to‘lovlarining davlat budjetiga undirilmay qolinishining oldi olindi

Salkam 563 million so‘mlik bojxona to‘lovlarining davlat budjetiga undirilmay qolinishining oldi olindi
Respublikamiz hududiga kirib kelayotgan tovar va transport vositalariga to‘lanadigan bojxona to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri undirish bojxona organlari oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga xorijdan yurtimizda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan suv qizdirgich, plastmassa quvurlarni qotirish uskunasi va suv jo‘mraklarini rasmiylashtirish uchun elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida tovarlarga tegishli elektron va qog‘oz hujjatlarda tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodi va og‘irligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovut borligi aniqlandi.

Natijada, davlat budjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 562,8 million so‘mlik bojxona to‘lovlarining undirilmay qolinishining oldi olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salkam 563 million so‘mlik bojxona to‘lovlarining davlat budjetiga undirilmay qolinishining oldi olindi