08:48 / 25.12.2020
2 271

Bosh prokuror Toshkent bozorlarini aylandi

Bosh prokuror Toshkent bozorlarini aylandi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i Dilshod Rahimov bugun Toshkent shahrining «Mirobod», «Askiya», «Chilonzor», «Farhod» va «Eski jo‘va» dehqon bozorlaridagi ahvol bilan tanishishdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur bozorlarda, boshqa barcha hududlardagi kabi Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilgan.
Jumladan, o‘rganilgan beshta bozordagi narx-navoning barqarorligini ta’minlash uchun jami 15 nafar prokuratura va departament organlarining xodimlari biriktirilgan.

Yarmarkalarga Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarining 50 ta fermer va dehqonlari hamda qariyb 100 nafar ulgurji savdo hamda ishlab chiqarish korxonalari biriktirilib, ularga 350 ta rasta ajratilgan.

Ushbu dehqon bozorlarida hafta boshidan buyon 2 586 tn 30 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilgan bo‘lib, 267 tonna go‘sht, 7 mln 600 ming donadan ortiq tuxum, 722 tonna kartoshka, 160 tonna shakar, 136 tonna guruch aholiga hamyonbop narxda yetkazib berilishi ta’minlangan.

Bundan tashqari, baliq, konserva, salqin va spirtli ichimliklar, sut mahsulotlari, mevalar, shu jumladan, sitruslar hamda turli shirinliklar savdosi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ichki iste’mol bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlanishi hamda belgilangan vazifalarni tizimli ravishda davom ettirish to‘g‘risida Bosh prokuror tomonidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuror Toshkent bozorlarini aylandi