14:40 / 25.12.2020
1 843

“Yangi yil” bayrami arafasida mahkumlar muddatidan ilgari shartli ozod etildi

“Yangi yil” bayrami arafasida mahkumlar muddatidan ilgari shartli ozod etildi
Insonparvarlik- insonning qadri, erkinligi, baxt saodati, teng huquqlari to‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari, haqida g‘amxo‘rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir.

Ana shu maqsadda jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi tomonidan 2020 yil 24 dekabr kuni o‘tkazilgan ochiq sud majlisida Nurota tuman ichki ishlar organlari probatsiya guruhi hisobida turuvchi 5 nafar mahkumlar o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganligi, mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga kirganligi, jazoning belgilangan qismini o‘taganliklari sababli ularga insonparvarlik prinsipi qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildilar.

Z.Ibragimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yangi yil” bayrami arafasida mahkumlar muddatidan ilgari shartli ozod etildi